Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Sanksiyalarning o‘n birinchi paketi Rossiyaning vassali va ittifoqchilariga qarshi qaratiladi — iqtisodchi

Sanksiyalarning o‘n birinchi paketi Rossiyaning vassali va ittifoqchilariga qarshi qaratiladi — iqtisodchi

Evropa ittifoqi navbatdagi o‘n birinchi sanksiyalar paketi mundarijasini avval e’lon qilingan sanksiyalarni aylanib o‘tish, manipulyasiya qilish va umuman Rossiyaga yordam ko‘rsatishda davom etayotganlarga qarshi choralar bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“Endi Yevropa ittifoqidan import qilinib Rossiyaga reeksport qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan har qanday biznes, jismoniy shaxs yo mamlakatning Yevropa bozoriga kirishi imkoniyatlari cheklanadi”, deydi u.

Qayd etilishicha, o‘tgan bir yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qaramay, Rossiyaning vassali yoki ittifoqchisi bo‘lgan davlatlardan ular amalda ishlab chiqarmaydigan, ikki maqsadli tovarlarning eksporti karrasiga ortib bordi. Rasmiy va norasmiy kanallar orqali ogohlantirishlarga qaramay, bu davom etmoqda

“O‘n birinchi paket endi ogohlantirmasdan jazolaydi”, deydi Bakirov.

Kiritildi: 12:16 26.03.2023. O'qildi: 3971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!