Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sanksiyalar Suriyaga yordam berishni qiyinlashtiradi

A A A
Sanksiyalar Suriyaga yordam berishni qiyinlashtiradi

Suriyaga qarshi sanksiyalar zilzila qurbonlariga gumanitar yordam ko‘rsatishni qiyinlashtirmoqda, dedi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federasiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Xavyer Kastelanos.

«Sanksiyalar biz qilayotgan hamma narsaning narxini oshiradi – shuning uchun gumanitar xizmatlar yetkazib berish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi, ba’zida xususiy yetkazib berish kerak bo‘ladi, bu esa yana xarajatlarni oshirishi mumkin», dedi u.

Uning fikricha, Suriyada vayronalar ostida Turkiyadagidan ko‘ra ko‘proq odam qolishi mumkin, jumladan, kerakli qidiruv-qutqaruv uskunalari yo‘qligi sababli.

IFRC zilzila oqibatlarini bartaraf etishga yordam berish uchun 200 million Shveysariya franki so‘rab shoshilinch murojaat qildi, ulardan 120 millioni Turkiyaga va 80 millioni Suriyaga ketishi kutilmoqda.

Ayni paytda buzilgan yoki vayron bo‘lgan uy-joylar, tibbiyot va ta’lim muassasalarining holatini baholash ishlari olib borilmoqda. To‘liq tahlil bir necha oy davom etadi.

Kiritildi: 13:09 09.02.2023. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!