Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samsung eng katta bozorni deyarli qo‘ldan boy berdi!

Samsung eng katta bozorni deyarli qo‘ldan boy berdi!

Strategy Analytics byurosi e’lon qilgan xisobotlarga ko‘ra, Samsung Electronics dunyodagi eng katta bozorlardan biri – Xitoy bozoridagi o‘rnini deyarli yo‘qotgan. Agar 2016 yilda kompaniyaning Xitoy smartfon bozoridagi ulushi 4,9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, ikkinchi kvartalda ushbu ko‘rsatkich 1 – 0.7 foizga kamaygan.

Ushbu yilning apreldan iyunga kadar oraliqdagi uch oyi davomida, Samsung Xitoyda atigi 700 000 smartfon sota oldi xolos. Taqqoslash uchun, Honor kompaniyasi bir kun ichida 300 000 dona Honor 9X sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Umuman olganda, Xitoyda Samsung smartfonlari savdosi to‘satdan pastlagani yo‘q. 2017 yilda kompaniyaning Xitoy bozoridagi ulushi 2,1 foizga, 2018 yilda – 1,3 foizgacha, joriy yilning birinchi kvartalida esa 0,7 foizgacha pasayib ketgan.

Kiritildi: 21:15 07.08.2019. O'qildi: 1998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!