Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

A A A
Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga halal bergan shaxs qo‘lga olindi. U 990 ming so‘m miqdorida jarima tortildi.

21 oktyabr kuni «Aeroflot» aviakompaniyasining SU-1870 reysi bilan Moskva-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan O‘zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV Transport va turizm ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan erkak jamoat tartibini buzib, behayo so‘zlarni ishlatgan, yo‘lovchilar va bort kuzatuvchilarga xalal bergan.

24 oktyabr kuni Sergeli tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, unga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima jazosini tayinladi.

Kiritildi: 21:41 25.10.2023. O'qildi: 1750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!