Ota aliment bo‘yicha qarzini to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand shahar Majburiy ijro byurosiga fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudining 2023 yil 12 fevraldagi hal qiluv qaroriga asosan ijro hujjati kelib tushdi. Hujjatga ko‘ra, qarzdordan ikki nafar voyaga yetmagan farzandini boqish uchun aliment undirish belgilandi.
Qarzdor bolalar oldidagi majburiyatlarini inobatga olgan holda, sobiq rafiqasi bilan kelishilgan holda, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment to‘lovlarini muddatidan oldin to‘lashni so‘rab Majburiy ijro byurosiga murojaat qilgan.
Shu tariqa uning sobiq rafiqasi foydasiga 25 ming AQSh dollari to‘langan. Bu miqdor davlat sud ijrochisi tomonidan hisoblab chiqilgan. Ijro prosessi tugatildi.