Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Samarqanddagi tug‘uruqxonada homilador ayol farzandi tug‘ilganidan keyin vafot etdi

Samarqanddagi tug‘uruqxonada homilador ayol farzandi tug‘ilganidan keyin vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tug‘ruqxonada shifokorlar aybi bilan homilador ayol vafot etganligi haqida xabar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, 2022 yil 28 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar, A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.YA. homiladorligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limiga murojaat qilgan. Shu kuni tug‘ruq bo‘limiga “Homiladorlik I, 38-39 hafta,
1-tug‘ruq (33 yosh), tug‘ruqni I davri, gistatsion anemiya yengil darajasi” tashxisi bilan yotqizilib, kuzatuvga olingan.

Shundan so‘ng, “Homila chanoq bosh disproporsiyasi. Homilani noaniq holati” tashxisi qo‘yilib, hayotiy ko‘rsatma sababli 29 may kuni kech soat 02:00 da homilador ayolning yaqin qarindoshlarini roziligi bilan kesar-kesish operasiyasi o‘tkazilgan o‘g‘il homila operativ yo‘l bilan tug‘dirilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxshi bo‘lib, operasiyadan so‘ng tug‘ruq bo‘limida kuzatuvda bo‘lgan.

6 iyun kuni soat 15:10 da bemor M.YA. Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi “Reanimasiya” bo‘limida “Ilk chilla davri. Kesar-kesish operasiyasidan keyingi holat (9 sutka). O‘tkir o‘pka-yurak yetishmovchiligi. Poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi bilan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 6 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tergovchisi va tezkor tergov guruhi a’zolari hodisa joyiga chiqib, hodisa joyini ko‘zdan kechirishgan va M.YA.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlanib, ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.

Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:34 22.06.2022. O'qildi: 3830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!