Samarqand shahrini kesib oqib o‘tuvchi Siyo kanalida sutday oq va to‘q yashil rangli o‘tkir, badbuy hidli suv oqib kelmoqda. Bu haqda viloyatdagi mobil muxbirimiz xabar berdi, dedi "xs.uz".
Manbaning yozishicha, Konigil, Galaosiyo, Ulug‘bek observatoriyasi va Doniyor payg‘ambar majmuasi oldidan oqib o‘tuvchi mazkur kanal atrofida yashovchi aholi hamda hududga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu vaziyatdan aziyat chekyapti.
Qayd qilinishicha, bu holat tez-tez takrorlanmoqda va suv zaharli bo‘lishi mumkin.
Mazkur vaziyat yuzasidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul idora mutassaddilaridan izoh kutib qolamiz.
