Omonqo‘ton – tog‘li hududdagi go‘zal qishloq. Yoz oylarida qishloq har kuni 5-10 ming mehmonni qabul qiladi. Bugungi kunda bu yerda 50 dan ortiq oilaviy mehmon uylari, dam olish uchun kapsulalar, savdo shoxobchalari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari mavjud.
Oqsoy – Nurobod tumanining tog‘ etaklarida joylashgan. U odamlar ko‘p tashrif buyuradigan “Hazrati Dovud” ziyoratgohi bilan mashhur. Qishloqda 20 ga yaqin oilaviy mehmon uyi, oziq-ovqat va savdo shoxobchalari, Wi-Fi mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, yil oxirigacha turistik qishloqlar ro‘yxati 11 taga ko‘payadi. Hozirda Samarqandda 4 ta turistik qishloq va 1 ta turistik mahalla bor.