Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqanddagi novvoyxonada 660 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

A A A
Samarqanddagi novvoyxonada 660 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida fuqaro X.K. “Mehrjon” MFYda joylashgan novvoyxonasida yerosti o‘tuvchi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada novvoyxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 660 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 09:20 01.12.2024. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!