Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 14 yoshli bola halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 1 sentyabr kuni soat 20:30 larda sodir bo‘lgan.
M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida “VAZ-2107” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan va “Spark”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, “VAZ-2107” avtomobili haydovchisining 2010 yilda tug‘ilgan farzandi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.