Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda "Tez yordam" mashinasi YTHga uchradi

Samarqandda "Tez yordam" mashinasi YTHga uchradi

Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 17 iyun kuni Samarqand shahri Buyuk ipak yo‘li hamda Narpay ko‘chalari chorraxasida “Vaz-2106” hamda “Toyota” rusumli tez yordam mashinalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. To‘qnashuv vaqtida "Tez yordam" mashinasi ichida bemorlar bo‘lmagani aytilmoqda.

"Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mashinalarga texnik shikast yetgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:22 17.06.2022. O'qildi: 2641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!