Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatida yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirishni rejalashtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi Toshkentda istiqomat qiluvchi shaxsni o‘ldirish uchun yollanma qotil topishga uringan. Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta killer ishga jalb qilingan. Fuqaro unga 2,2 ming AQSh dollari to‘lashni va’da qilgan.

Shundan so‘ng, 27-yanvar kuni soxta qotil fuqaroga grimlangan murda suratini yuboradi va gumondor mukofotni topshirayotgan paytda qo‘lga olinadi.

Qo‘shimcha tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, uni yollanma qotil qidirish bo‘yicha topshiriqni o‘zi ishlab kelgan korxona rahbari bergan. U Toshkent shahrida yashovchi qarindoshini o‘ldirishni buyurtma qilgan. Bunga o‘rtasidagi nizolar va katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgan. Natijada, ushbu fuqaro ham qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2 qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!