Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqanda viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida "Baraka" va "Xazora" MFYlardagi 2 ta binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 93,8 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:05 21.01.2026. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!