"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Pasdarg‘om tumanida fuqaro R. A. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari va shartnoma rasmiylashtirmasdan, hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 239 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.