Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan 2 ayolga sud hukmi o‘qildi

Ma’lum qilinishicha, asli Farg‘onadan bo‘lgan 32 yoshli ayol yosh qizlarni Ummon davlatida fohishalikka majburlab kelgan.

O‘zining jinoiy qilmishiga Jizzaxlik ayolni sherik qilgan. Ular chet elga chiqish orzusida yurgan qizlarni viza va boshqa xarajatlarini to‘lab, ularni 2021 yildan boshlab xorijga yuborgan.

U qizlarning orasida o‘zining ovsini ham bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, ayolning yoniga uy olish, sharoitini to‘g‘rilash uchun ishlash maqsadida borgan.

"Men borganimda umuman til bilmasdim, tushunmasdim. U gaplashib, qizlarni mehmonxonaga tashlab chiqardi. Men ofisiantlikka borgan edim, keyin meni fohishalikka majburladi", - deydi ayol.

Guvohlardan biri sudlanuvchi u yerga juda ko‘p qizlarni chaqirib bergani, 18 ta qizi bor, deb eshitganligini ta’kidladi.

Holat yuzasidan sud ishi Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar JKning 135-moddasi 2-qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!