Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va Nexia-2 sovg‘a qildi

A A A
Samarqandda ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va Nexia-2 sovg‘a qildi

Samarqand viloyatida ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va mashina sovg‘a qildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda aytilishicha, fuqarolik ishlari Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023 yil 6 oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor O‘.Q.dan undiruvchi M.SH.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor O‘.Q.ga qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgandan so‘ng aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini hamda farzandining voyaga yetgunga qadar, ya’ni 18 yoshgacha bo‘lgan davri uchun undiruvchi SH.M.ga tilxat asosida 334 million so‘m pul va Nexia-2 rusumli avtomashinasini sovg‘a qildi.

Kiritildi: 14:19 14.02.2024. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!