Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” dori vositalarini sotayotganlar ushlangan

A A A
Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” dori vositalarini sotayotganlar ushlangan

Samarqand shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Departament hamda DXXning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro SH.ga jami 1 622 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” nomli dori vositalarini 3 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:37 26.07.2021. O'qildi: 4172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!