Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda gaz korxonasi xodimlarining qing‘ir "o‘yin"lari fosh bo‘ldi

Samarqandda gaz korxonasi xodimlarining qing‘ir "o‘yin"lari fosh bo‘ldi

Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan bir nechta fuqarolarning 3-sonli Pastdarg‘om tumanlararo gaz uchastkasi xodimlarning qilmishlari yuzasidan murojaatlari o‘rganildi, deb yozmoqda Zarafshon nashri.

Xususan, fuqaro B.Shukurovani tumanlararo gaz uchastkasi xodimi M.A. tabiiy gazdan qarzi borligini, to‘lamasa tarmoqdan uzishini, jarimaga tortishini aytib qo‘rqitadi va 2 mln. 352 ming so‘m pulini olib ketadi. Oradan o‘n kun o‘tib, turmush o‘rtog‘i S.O‘.ning nomiga rasmiylashtirilgan to‘lov pattalarini beradi. Lekin to‘lov iste’molchining hisob-raqamiga kelib tushmaydi.

O‘tkazilgan tekshirishda to‘langan 2 mln. 352 ming so‘mni M.A. shaxsiy manfaati uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi. Aslida esa to‘lov pattasi berilgan bo‘lsa-da, abonent hisob-raqamiga kelib tushmagan. S.O‘.ning qarzdorligini gaz uchastkasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat kompyuterlar orqali hisobdan chiqarib yuborgan.

Shuningdek, Nayman mahallasida yashovchi YO.N.ning 5 mln. so‘m qarzdorligini 3-sonli tumanlararo gaz uchastkasi xodimi J.P. 300 AQSh dollari evaziga xizmat kompyuterlari orqali qarzdorlikni hisobdan chiqargani aniqlandi.

Bundan tashqari, 3-sonli Pastdarg‘om tumanlararo gaz uchastkasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat kompyuterlari orqali maxsus dasturdan foydalanib, Majburiy ijro byuroning tuman bo‘limi monitoring va hisob sho‘’basi xodimlariga biriktirilgan parol orqali hech qanday hujjatsiz, noqonuniy ravishda 81 nafar iste’molchilarning 227,6 mln. so‘mlik qarzdorligini olib tashlaganligi hamda 124 nafar iste’molchilarning shaxsiy hisob-varaqlariga qo‘shimcha ravishda 194,6 mln. so‘mlik qarzdorlik asossiz kiritilganligi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan M.A., J.P. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi v , g bandlari va 2784-moddasi 2-qismi a , b va v bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Pastdarg‘om tuman prokuraturasiga yuborildi.

Kiritildi: 11:37 16.04.2019. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!