Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.u.” MCHJ rahbari A.S. MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.