Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Samarqandda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut va Samarkand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi YATT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo do‘koni hamda novvoyxonasida o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, jami 230 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Samarqand” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 191,2 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T-Z.” fermer xo‘jaligi rahbari M.SH. elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:19 19.11.2024. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!