Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

A A A
Samarqandda elektromontyor simyog‘ochdan yiqilib vafot etdi

Joriy yilning 16-fevral kuni soat taxminan 18:00 atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumani Elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo‘lib ishlovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. Paxtachi tumani "Tadbirkor" MFY hududida yog‘och simyog‘ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etayotgan paytda shamol sababli B.S. yog‘och simyog‘och bilan birga yerga yiqilib vafot etgan.

Ushbu kunning o‘zida tuman elektr ta’minoti tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha yuritilgan kitoblar tegishli tartibda olingan. Bugun, 17-fevral kuni marhum B.S.ning murdasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilgan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:42 17.02.2024. O'qildi: 1725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!