Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqandda birinchi ovozli svetofor o‘rnatildi

A A A
Samarqandda birinchi ovozli svetofor o‘rnatildi

Respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi mamlakatimizdagi ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalar maktab-internatlariga yaqindan yordam berish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan, – deydi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari J.Sagdullayev. – Shu asosida viloyatimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashganda ular maktab-internat oldidagi transport vositalari serqatnov yo‘ldan o‘tishda qiynalishayotganini bildirib, ushbu masalada yordam so‘ragandi.
Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan “ovozli svetofor” piyodalarga har bir chiroq yongani va harakatlanish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ovozli xabar berib ogohlantiradi.
– Maktabimiz oldidagi katta yo‘ldan o‘tish biz uchun ko‘p noqulaylik tug‘dirardi, qo‘rqardik, – deydi maktab-internat o‘qituvchisi Zokir Mahamatov. – Chunki shu paytgacha avtomashinalarning ovozini eshitgan holda, ularning yaqin yoki uzoqdaligini chamalab yo‘lni kesib o‘tardik. Bu svetofor biz va o‘quvchilarimiz uchun katta qulaylik bo‘ldi.

Kiritildi: 11:24 27.01.2022. O'qildi: 2290 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!