Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda ayol kishini pichoq bilan qo‘rqitgan bosqinchi qo‘lga olindi

Samarqandda ayol kishini pichoq bilan qo‘rqitgan bosqinchi qo‘lga olindi

Shu yil 18 yanvar kuni yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiyib, pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yashovchi S.Q. (ismli ayol)ning uyiga bostirib kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan va 815 000 so‘m pullarini olib, chiqib ketayotganida S.Q.ni pichoq bilan jarohatlab, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiqishloq qishlog‘i Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi J.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 13:17 20.01.2019. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!