Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda avtobus maktab o‘quvchisini urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi

Samarqandda avtobus maktab o‘quvchisini urib ketdi, oqibatda u halok bo‘ldi

2024 yil 14 noyabr kuni soat taxminan 0800 larda Samarqand shahar, «Kamoliddin Behzod» mahallasi hududidan o‘tuvchi A.Temur ko‘chasida haydovchi F.S. boshqaruvida bo‘lgan «ISUZU» rusumli jamoat transportini boshqarib borib, Samarqand shahar XTBga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabi yaqinida yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida, piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan F.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:56 14.11.2024. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!