Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda 9 nafar rahbar "ARGOS" tomonidan jarimaga tortildi

Samarqandda 9 nafar rahbar "ARGOS" tomonidan jarimaga tortildi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish holati monitoring qilingan.

Monitoring davomida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalarida 22 ta holatda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarsiz hamda tanlov g‘olibi aniqlangunga qadar «v.b.» sifatida xodimlarini ishga olish holatlari aniqlangan.

Monitoring natijasi bo‘yicha Bulung‘ur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Toyloq, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar Tibbiyot birlashmalarining 9 nafar rahbar xodimlari jami 23 mln. 100 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortilgan.

Shuningdek, noqonuniy ishga qabul qilinganlar bo‘yicha 22 ta buyruq bekor qilinib, tashkilotlarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari boshliqlariga intizomiy chora qo‘llash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

Kiritildi: 06:37 14.11.2023. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!