Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 50 nafarga yaqin fuqaro “fast food”dan zaharlandi!

A A A
Samarqandda 50 nafarga yaqin fuqaro “fast food”dan zaharlandi!

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazida bir ayol va uning 3 nafar voyaga yetmagan nabirasi xot-dog iste’mol qilishgan. Nabiralar kechga yaqin ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur shifoxonaga jami 49 kishi yotqizilgan. Ularning barchasi shahar markazida joylashgan Fast Food markazida xot-dog iste’mol qilganidan keyin sog‘lig‘ida o‘zgarish kuzatilganini aytgan. Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanmoqda. Ularning ahvoli ancha yaxshi. Hozirda mazkur ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to‘xtatilgan.

Kiritildi: 23:46 21.08.2023. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!