Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSh dollari evaziga «Toshkent-Evropa Ittifoqi-Meksika-AQSh» yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natishni va’da qilib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan «avans» sifatida 10 ming AQSh dollarini olyotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:16 25.03.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!