Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

A A A
Samarqandda 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, Maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralar tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda, maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:01 06.12.2023. O'qildi: 2024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!