2025 yilning 1 yanvarida soat 00:00 dan 12:00 ga qadar Samarqand viloyatida 53 nafar o‘g‘il va 48 nafar qiz chaqaloq tug‘ildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi yilning ilk chaqalog‘i Qo‘shrabot tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida tug‘ildi. Tumanning Buloqboshi qishlog‘ida yashovchi M. Nodirovaning qiz chaqalog‘i soat 00:15 da dunyoga keldi.
Yilning ilk egiz chaqaloqlari ham Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgani qayd etildi.