Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda 11-sinf o‘quvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Samarqandda 11-sinf o‘quvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishdi

Shu yilning 1 iyun kuni Samarqand shahridagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Shohrux, Murod, Ozod va Jasur 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib olishgan. Qayd etilishicha, birinchi imtihonni topshirib, shahardagi ko‘p qavatli uylardan biri yonidagi skameykada o‘tirib, suhbatlashib o‘tirishgan.

Ular e’tiborini turar-joy binosining to‘rtinchi qavatidagi harakat o‘ziga tortadi. Yigitlar boshi panjara orasiga tiqilib qolib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rishadi.

O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun tepa qavatga yuguradi, qolgan uchovlon qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashadi.

Qizaloq pastga qulaydi. Yigitlar uni tutib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Keyinroq aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lib yurgan paytda, Shukrona eshik qulfi buzilib qolgan balkonga chiqib qolgan ekan.

Qizaloq peshonasidan yengil jarohat oladi. Kasalxonada undan yigitlar har kuni xabar olib turishgan. Hozirda Shukrona o‘zini yaxshi his qilyapti.

Qahramonlar – Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod O‘tkirov va Jasur Eshnazarovlar esa maktabda qolgan imtihonlardan o‘tib, oliy o‘quv yurtiga kirishga hozirlik ko‘rishmoqda.

Kiritildi: 09:59 07.06.2023. O'qildi: 2368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!