Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Jomboy tumanida faoliyat yuritayotgan "N. M." oilaviy korxonasi elektr qurilmalarini hisoblagichdan tashqari holda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 374,8 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:47 08.08.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!