“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Pastdarg‘om tumanida "S. B. S." MCHJga qarashli binoning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 473 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.