“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro A.F.ga qarashli novvoyxonada o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 282 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
1️⃣ Bu kabi holat ushbu hududda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor R.SH.ga qarashli savdo do‘konida ham aniqlanib, gaz korxonasiga 144 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.