Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.E.” MCHJning “Al-Buxoriy” ko‘chasidagi savdo do‘konida umumiy bahosi 132,1 mln so‘mlik 40 turdagi 4 042 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va 422 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.