Bu haqda Axios xabar berdi.
Evroittifoqning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha vakili Kaya Kallas Qo‘shma Shtatlarni Rossiyaning Ukrainadagi urushi sababli bosimni kuchaytirishga tayyor emaslikda aybladi, deb xabar bermoqda nashr o‘z manbalariga tayanib.
Manbalarning ta’kidlashicha, "G7" tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida u AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga Vashingtonning bir yil oldingi Moskvaga nisbatan bosimni oshirishga tayyorligi haqidagi va’dasini eslatgan.
"Oradan bir yil o‘tdi, ammo Rossiya hech qanday qadam tashlamadi. Sabr kosangiz qachon to‘ladi?" — degan Kallas.
Bunga javoban Rubio ovoz ko‘targan: "Biz urushni to‘xtatish uchun imkon qadar harakat qilyapmiz. Agar siz buni yaxshiroq uddalaymiz deb o‘ylasangiz, marhamat. Biz yo‘l beramiz".
Axios suhbatdoshlariga ko‘ra, Marko Rubio va Kaya Kallas tortishuvni bartaraf etish maqsadida majlisni qisqa vaqtga to‘xtatishgan.
Uchrashuvdan so‘ng Rubio AQSh va Yevropa o‘rtasida tushunmovchiliklar borligini rad etdi. "Hech kim baqirayotgani, ovoz ko‘tarayotgani yoki salbiy gaplar aytayotgani yo‘q", – dedi u.