Eron parlamenti raisi Muhammad-Bager Galibaf AQSh omma oldida muzokaralar haqida xabarlar tarqatayotgani, biroq yashirincha quruqlikdagi amaliyotni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
«Dushman muzokaralar va muloqot haqida xabarlar yo‘llayotgandek ko‘rinadi, aslida esa yashirincha quruqlikdagi hujumni rejalashtirmoqda», — dedi siyosatchi.
Galibaf Eron Amerika askarlarining kelishiga tayyorligini, ularga qarata o‘t ochish va ularning mintaqadagi sheriklarini abadiy jazolashga shayligini ta’kidladi.