Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Samarqand shahrida "gashish" giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand shahrida "gashish" giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida fuqaro M.S. 2,59 gramm "gashish" giyohvandlik moddasini fuqaro M.X.ga 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!