Samarqand viloyatida Qozog‘iston davlat raqamiga ega avtomobillar yo‘lda drift qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. YHXB qoidabuzarlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Videolavhadan ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mehmonlar shou tariqasida parad uyushtirgan va unda drift qilgan. Tadbir haqida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Qoidabuzarlarning aksariyati chet ellik bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Videolavhada ular uzr so‘ragani aks etgan.
«Biz qayerda bo‘lsak ham O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilamiz. Ikkinchi marta qaytarilmaydi. Bizga tushuntirishdi. Aslida maxsus maydonda drift qilishimiz kerak edi, lekin shahar ko‘chalarida drift qildik. Samarqand xalqidan kechirim so‘raymiz», dedi qozog‘istonlik haydovchilardan biri.
YHXB qoidabuzarlarga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot bermadi.