Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Istanbuldagi muzokaralarda ikki yoki uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan Rossiya delegasiyasini tanqid qildi. Bu haqda "Unian" nashri xabar bermoqda.
"Ular jang maydonidan o‘liklarni yig‘ish uchun ikki-uch kunlik otashkesimga tayyor. Menimcha, ular ahmoqlar, chunki o‘t ochishni to‘xtatish o‘lik bo‘lmasligi uchun tuzilgan. Ya’ni, kayfiyatni ko‘ryapsiz - ular uchun bu urushda qisqa pauza masalasi", - deya ta’kidladi Zelenskiy.