Vladimir Medinskiyning bayonotidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Ukraina tomoniga Rossiya memorandumi topshirildi, unda tinchlikka erishish yo‘llari bayon etilgan. Memorandumda voqealarning ikki xil rivoji ko‘rsatilgan;
◾️ Biz bir qancha amaliy masalalarni hal etdik, bir tomonlama tartibda 6000 nafar ukrainalik harbiylarning jasadlarini topshirishga kelishdik;
◾️ Ularda harbiylarimizning jasadlari bor-yo‘qligini bilmayman, bor bo‘lsa qabul qilib olamiz;
◾️ Barcha og‘ir yarador va bemorlar “barchasi barchaga” tamoyili asosida almashiladi, shu tamoyil asosida yosh askarlar ham almashtiriladi, ularning soni kamida ming nafar bo‘ladi;
◾️ Almashinuvlar muntazam ravishda, joriy tartibda amalga oshiriladi;
◾️ Biz frontning ayrim uchastkalarida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildik, hammasi harbiylar tomonidan ishlab chiqiladi. O‘t ochishni to‘xtatish komandirlar askarlarning jasadlarini olishlari uchun amalga oshiriladi;
◾️ Bolalar masalasida bu markaziy mavzu ekanligi aytildi;
◾️ Ikki o‘t orasida qolgan bolalar evakuasiya qilingan, lekin agar ularning oilasi bo‘lsa, qaytariladi. Bunday bolalar ro‘yxatida 339 ta familiya, millionlar ham, minglar ham emas, ularning har biri bo‘yicha shug‘ullanamiz;
◾️ Birorta ham bola o‘g‘rilangani yo‘q, askarlarimiz qutqargan bolalar bor xolos. Bu sharmandali piar kampaniyasini to‘xtatish kerak. Hamma oilalar birlashadi, bu or-nomus masalasi;
◾️ Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi eng katta asirlar almashinuvi ro‘yxatiga 1000 dan 1200 nafargacha odam kiritilishi kutilmoqda;
◾️ Rossiya delegasiyasi Ukraina bilan olib borilgan muzokaralarning ikkinchi bosqichi natijalaridan mamnun.