Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQShda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

A A A
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQShda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQShning Vebster universiteti bilan bir necha yildan buyon o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa o‘rtasida «Tibbiy biologiya» va «Oliy hamshiralik» bo‘yicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga ko‘maklashish haqida kelishib olingan edi.

Mazkur kelishuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib Vebster universiteti bilan hamkorlikda «Hamshiralik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilidan 3+1 shaklidagi «Hamshiralik ishi» qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQShning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Vebster universiteti o‘rtasidagi mazkur qo‘shma ta’lim loyihasi mamlakatimiz tibbiyot oliygohlari ichida birinchi bo‘lib, talabalarimizning jahon standartlari asosida tibbiy bilim olishlari va raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga ko‘mak beradi.

Qo‘shma ta’lim dasturiga qabul jarayonlari joriy yilning avgust oyida boshlanadi.

Kiritildi: 23:00 11.07.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!