Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQShning Vebster universiteti bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib keladi.
Xususan, ikki muassasa o‘rtasida “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik” yo‘nalishlari bo‘yicha Amerika standartlari asosida malakali mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Kuni kecha mazkur kelishuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Vebster universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan "3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQShning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.