Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka karshi kurashishda sodir etilgan qonunbuzarlik holatlari uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash bilan bir qatorda kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida sudlar tomonidan chiqarilgan xususiy ajrimni sayyor majlislarda jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etmokda.
Kuni kecha Kitob tumani “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘inida Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F.Qambarova va Kitob tuman sudi raisi A.Akbarovlar ishtirokida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2022 yil 15 fevral kungi O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Zayniyev Shamshod Azimovichga oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrimi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2022 yil 21 fevral kungi O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan sudlangan Soxibov Jasur Rasulovichga oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrim, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2022 yil 2 mart kungi O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan sudlangan Qurbonov Dilshod Turdialiyevichga oid jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrimlari mahalla faollari, yoshlar yetakchilari va keng jamoatchilik bilan keng muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida mamlakatimizda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv tamoyili qo‘llanilishini yanada kengaytirilayotgani alohida ta’kidlandi.
Azimjon Akbarov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Kitob tuman sudi raisi