Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samandar Hamroqulov marhum aktrisa Gavhar Sharipovani sevgani, sevgisi uchun kurashmay qo‘rqoqlik qilgani haqida so‘zlab berdi

Samandar Hamroqulov marhum aktrisa Gavhar Sharipovani sevgani, sevgisi uchun kurashmay qo‘rqoqlik qilgani haqida so‘zlab berdi

Samandar Hamroqulov marhum aktrisa Gavhar Sharipova bilan yoshlik davrlarida sevishgani, aktrisa onasiga ma’qul kelmagani uchun unga uylanmagani va sevgisi uchun kurashmagani haqida so‘zlab berdi.

“O‘sha vaqtlarda yosh bo‘lganman, hech narsani oxirini o‘ylamasdim. Baribir, ko‘nglim bor edi, yaxshi ko‘rardim uni. U zamonaviy qiz edi, zamonaviy kiyinardi, dunyoqarashi zamonaviy, rus maktabda o‘qigan qiz edi. Onamga ko‘rsatganman, ularga ma’qul kelmagan. Ajralishimiz juda qiyin bo‘lgan. Juda asabiy bo‘lib qolganman, ko‘p urishardik, gap tortishib qolardik. Uni ko‘p xafa qilardim. Oliygohni bitirganimizdan keyin hamma har qayoqqa tarqalib ketdi, u ham oila qurdi. Konsertlarga, to‘yga xizmatga borgan vaqtimizda uchrashib qolsak, meni ko‘rishi bilan darrov boshqa yerga chiqib ketardi, berkinib olardi. Shundan bilardim mendan qattiq xafa ekanligini. Men u bilan hammasini gaplashib olganman. Bilasizmi, baribir aybdor his qilaman o‘zimni, o‘tib qolganida juda qiynaldim. Hozirgacha namozlarimda haqqiga duo qilaman. Juda yaxshi, chiroyli, aqlli qiz edi. Yozadigan she’rlari odamni yig‘latardi. Ko‘p kitob o‘qirdi, dunyoqarashi keng edi. Har qancha sevsa arziydigan qiz edi. Ikkalamizning ham o‘zimizga yarasha xatolarimiz bo‘ldi, lekin ko‘p xato mendan o‘tdi. Kurashishim kerak bo‘lgan narsalar bor edi, lekin men kurashmadim”, dedi ijodkor.

Samandar Hamroqulov Gavhar Sharipova uchun kurashmasdan qo‘rqoqlik qilgani va mana shu narsa uning xatosi bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

Kiritildi: 11:42 21.08.2021. O'qildi: 25315 marta. Fikrlar soni: 18 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!