Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Tbilisida mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvda Zurabishvili tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar:
◾️ Rossiya Abxaziyada harbiy-dengiz kuchlari uchun yangi doimiy baza yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu nafaqat biz uchun, balki butun Qora dengiz davlatlari xavfsizligi uchun muammodir;
◾️ Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze uning hukumati Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlariga nisbatan samarali siyosat yuritmayapti;
◾️ Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisiga Gruziya fuqaroligi berilishi kerak. Bu hududlarda yashovchi odamlarda Gruziya va uning imkoniyatlariga qiziqish kuchaymoqda;
◾️ Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaro hali tugamagan. Biz Gruziya uchun bu mojaroga barham berish muhimligini juda yaxshi bilamiz. Gruziya ikki davlat o‘rtasida tashkil etiladigan muzokaralarga katta hissa qo‘shishi mumkin;
◾️ Gruziyada 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovda amaldagi hukumat g‘alaba qozonmasligi va yangi hukumat G‘arb bilan munosabatlarini qayta yo‘lga qo‘yishi kerak;
◾️ Agar muxolifat saylovlarda g‘alaba qozonsa, texnokratik hukumat tuziladi, demokratiya va Yevropa Ittifoqiga integrasiyani rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilad;
◾️ AQSh ma’muriyatining Gruziyada bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar” qonuni tufayli mamlakatimizga 95 million dollarlik yordamni to‘xtatishi, AQSH-Gruziya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini qoldirish va Gruziyaning YEIga a’zo bo‘lishini kechiktirish haqidagi qarorlar umuman hayratlanarli emas;