"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh jamoadoshi Diogu Jotaning vafoti haqidagi xabardan so‘ng ta’tilni to‘xtatishga qaror qildi va Angliyaga qaytdi.
Misrlik qayg‘uli xabardan shu qadar tushkunlikka tushganki, muddatidan avval Liverpulga qaytgan, deb yozadi Yallakora.
Hozircha Saloh portugaliyalikning o‘limi haqida jamoatchilikka izoh bermadi.
Jota ukasi bilan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan. "Liverpul" uning 20-raqamini bir umrga muzlatdi.