"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Misrlik futbolchi jamoadoshining o‘limiga munosabat bildirdi - Diogu Jota Ispaniyada ukasi Andre Silva bilan YTHda halok bo‘ldi.
"Aytadigan gapim yo‘q. Kechagi kungacha mavsumlar oralig‘idan keyin "Liverpul"ga qaytishimdan oldin meni nimadir qo‘rqitadi, deb o‘ylamagandim. Jamoadoshlar kelishadi va ketishadi, lekin bunday emas. Klubga qaytganimizda, Diogu yonimizda bo‘lmasligiga ko‘nikish juda qiyin bo‘ladi. Mening xayolim uning rafiqasi, bolalari va, albatta, to‘satdan farzandlarini yo‘qotgan ota-onasi bilan. Ular hech qachon unutilmaydi," - deb yozdi Saloh.
Diogu Jota "Liverpul" safida 5 mavsum to‘p tepdi.