AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan 20-21 fevral kunlari Hindistonga tashrif buyurib, ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasida hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuvlarni muhokama qiladi.
Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar bermoqda.
Sallivan hindistonlik hamkasbi Ajit Doval bilan muhim kelishuvlar, jumladan, mudofaa sohasida ham muzokaralar olib boradi. AQSh delegasiyasi Bosh vazir Narendra Modi va Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar bilan ham uchrashadi.