Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Salkam 264 mlrd so‘mlik noqonuniy xaridlar bekor qilindi - Aksilkorrupsiya agentligi

Salkam 264 mlrd so‘mlik noqonuniy xaridlar bekor qilindi - Aksilkorrupsiya agentligi

2024 yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o‘tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib bormoqda.

Jumladan, 2024-yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o‘rganildi.

Natijada:

- 234 ta holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilindi;

- vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritildi;

- huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi;

- qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 01:11. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!