Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Salkam 14 kg «opiy»ni sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Salkam 14 kg «opiy»ni sotishga uringan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. ​Unda, oldindan tezkor kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtinchalik yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. U yerda 1983 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan yana bir fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi. ​Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, mazkur 3 nafar shaxs muqaddam qo‘shni Tojikiston Respublikasidagi narkokuryerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi xufiya joyga yashirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish va tarqatish orqali katta miqdordagi moddiy boylik orttirish bo‘yicha o‘zaro jinoiy til biriktirganliklari aniqlandi. ​Natijada, tezkor tadbir davom ettirilib, xufiyona joydan umumiy og‘irligi 13 kg 653 gr «opiy» moddasi olinib, prosessual tartibda hujjatlashtirib olindi. ​Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kiritildi: 12:28 26.08.2026. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!